Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA ijroqo‘m a’zosi: «Real», «Siti» va «Chelsi» – Chempionlar ligasi yarimfinalidan chetlatilishini kutyapman»

UEFA ijroqo‘m a’zosi: «Real», «Siti» va «Chelsi» – Chempionlar ligasi yarimfinalidan chetlatilishini kutyapman»

Автор: admin

Daniya futbol ittifoqi prezidenti hamda UEFA ijroiya qo‘mitasi a’zosi Yesper Meller «Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari Superligada ishtirok etishini e’lon qilgani sababli Chempionlar ligasidan chetlatilishi lozimligini ta’kidladi.
«Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublarini Chempionlar ligasi yarimfinalidan chetlatilishini kutyapman. UEFA Chempionlar ligasini qanday yakunlashi haqida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi», - deya Mellerning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti», «Chelsi» va «Real» jamoalari YeCHL chorakfinalida «Borussiya», «Portu» va «Liverpul»ni mag‘lub etib, yarimfinalga chiqqan edi. Ushbu bosqichga yetib kelgan klublar orasida faqatgina «Pari Sen-Jermen» Superligaga ishtirok etishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Arsenal», «Tottenhem», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Milan», «Inter», «Yuventus», «Barselona», «Real» va «Atletiko» klublari yangi tashkil etiladigan Yevropa Superligasida ishtirok etishlari haqida rasman ma’lum qilgan edi. Madrid klubi rahbari Florentino Peres yangi turnir prezidentiga aylangandi.
191   
Добавить комментарий
Ваше имя: *