Goal24.uz » O'zbekiston » Murod Xonto‘rayev Otabek Umarovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Murod Xonto‘rayev Otabek Umarovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Автор: admin

O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarovning holati haqida ma’lumot berdi.
Otabek aka bilan har kuni suhbatlashaman. Kayfiyatlari, ko‘rinishlari yaxshi, nasib qilsa, yaqin kunlarda keladilar. Internetdagi g‘alati gaplarga ishonmang.
Faqat oyoqlari ozgina shikastlangan. Ba’zilar “yurolmaydi-yuroladi” degan gaplarni qilmoqda. Hammasi joyida. Xarakteri kuchli odam, bugun turish kerak bo‘lsa, bugun turib keladilar. Davolanib, ramazonni o‘tkazib keladilar. Kecha gaplashdim, ro‘za tutib, davolanib yotibdilar.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov 13-fevral kuni mototsiklni boshqarayotib, Toshkentning Mustaqillik shoh ko‘chasida, “Pushkin” metro bekati yaqinida Epica rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgani xabar qilingandi. Shundan keyin uning Janubiy Koreyada davolanayotgani va 4-mart sanasida operatsiya qilinishi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Otabek Umarov 2019-yilning 7-martida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga rais bo‘lgandi. 2019-yil 8-noyabrida esa yangi tashkil etilgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidentiga aylangandi. Shuningdek, 2020-yil 9-fevralida uning yangi tuzilgan O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylangani haqida xabar berilgandi. Umarov 2020-yilning avgust oyida Triatlon federatsiyasi raisligi va MMA assotsiatsiyasi prezidentligidan ketgandi. Shuningdek, Umarovga 2020-yilning yanvar oyida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimi yuklatilgandi.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *