Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston Kubogi. “Qo‘qon-1912” Pro-Liga jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. “Mash’al” va “Surxon”da esa g‘alaba

O‘zbekiston Kubogi. “Qo‘qon-1912” Pro-Liga jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. “Mash’al” va “Surxon”da esa g‘alaba

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 21-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Qo‘qon-1912” Pro-Liga vakili “Yangiyer” maydonida mehmon bo‘ldi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda urilgan gollarga Ivan Yosovich (“Qo‘qon-1912”), Sanjar Baratov, Oybek Ahmatov (“Yangiyer”) mualliflik qildi.
“Metallurg” “Mash’al” maydoniga safar qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Konchilar” safida Humoyun Murtazoyev dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, mehmonlarning javob to‘pi Doniyor Narzullayev hisobiga yozildi.
“Surxon” “G‘ijduvon” bilan bahs yuritdi. 5 ta gol urilgan uchrashuvda Termiz klubining qo‘li baland keldi. “Surxon” safida Sharofiddin Shobirov, Muhammadali Abdurahmonov va Alisher Salimov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, buxoroliklardan esa Dilshod Xushbaqov va Durbek Kamolov maydonni golsiz tark etmadi.
O‘zbekiston Kubogi 1-turning qolgan o‘yinlari 22-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Kubogi
Guruh bosqichi, 1-tur bahslari

“G‘ijduvon” – “Surxon” 2:3

Gollar: 0:1 — 3 Shobirov, 0:2 — 47 Abdurahmonov, 1:2 — 58 penalti Xushbaqov, 2:2 — 68 Kamolov, 3:2 — 86 Salimov.
“G‘ijduvon”: 12. Javohir Komilov, 3. Ramis Begishov, 4. Shavkat Rahmatov, 5. Farrux Jo‘rayev, 6. Doston Bahromov, 14. Asiljon Mansurov, 16. Sunnat Rustamov, 17. Doston Ibrohimov, 18. Jafar Ismoilov, 25. Maqsudjon Mahmudov
“Surxon”: 1. Azamat Ahmedov, 3. Kamoliddin Ashurov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Islom Toshpo‘latov, 14. Jasur Xolto‘rayev, 29. Temur Mamatmurodov, 38. Muhammadali Abdurahmonov, 55. Sharofiddin Shobirov, 60. O‘ral Choriyev, 66. Behruz Shaydulov.

“Mash’al” – “Metallurg” 2:1

Gollar: 1:0 — 13 Murtazoyev, 1:1 — 16 Narzullayev, 2:2 — 89 Murtazoyev.
“Mash’al”: 1. Botir Nasirov, 2. Zafarbek Akramov, 8. Mikael Ibe Okoro, 9. Doniyor Usmanov, 10. Humoyun Murtazoyev, 13. Shahzod Shaymanov, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 20. Xudoyorxon Sa’dullayev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurullayev, 99. Jahongir Abdusalomov.
Zaxira: 35. Dostonbek To‘xtaboyev, 4. Shahzodbek Hamidov, 11. Samuel Chigoze Ononivu, 15. Muhammadali Aliqulov, 19. Sardor Abduraimov, 33. Sirojiddin Allayev, 77. Ibrohim No‘monov
“Metallurg”: 1. Akmal Tursunboyev, 7. Doniyorjon Narzullayev, 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shahzodbek Nurmatov, 11. Ivan Nagayev, 21. Kamoliddin Tojiyev, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 28. Stanislav Andreyev, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbarjon Ismatullayev
Zaxira: 99. Vladimir Vagin, 9. Mahmudjon Qudratullayev, 15. Zohid Abdullayev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 34. Yevgeniy Makeyev, 43. Davron Anvarov, 98. Damir Temirov.

“Yangiyer” – “Qo‘qon-1912” 2:1

Gollar: 0:1 — 34 Yosovich, 1:1 — 85 Baratov, 2:1 — 90+1 Ahmatov.
“Yangiyer”: 30. Husan Olimjonov, 2.Ilhom Alijonov, 6. Landri Chemedju, 7.Abdumalik Toshpo‘latov, 11.Abdumalik Abdullayev, 13.Bunyod Abdumannonov, 19.Jerome Etame, 20.Shohzamon Xayrullayev, 23. Oybek Ahmatov, 25.Yodgor Nazarov, 29.Diudonne Siabatcheu.
Zaxira: 12.Nodir Ashurmatov, 3.Bekzod Tolibjonov, 8. Ahror Inoyatov, 10.Xurshid Asqaraliyev, 15.Asadbek Abdumannonov, 22.Sanjar Baratov, 27.Robbimjon Xasanov.
“Qo‘qon-1912” : 16.Eldor Adhamov, 5.Slavko Lukich, 7. Asadbek Sobirjonov, 10. Shohnazar Norbekov, 13. Sardor Azimov, 15. Oybek Rustamov, 20. Iqbol Malikjonov , 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 91. Yakuba Bamba, 99. Andrey Sidorov
Zaxira: 46.Xurshid Xo‘jayev, 4. Ilhom Vahobov, 8. Farhod Bekmurodov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 18. Anvarjon Hojimirzayev, 22. Muhammadanas Hasanov, 70. Murod Xolmuhammedov.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *