Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Real» «Kadis»dan yirik hisobda ustun kelib 1-o‘ringa ko‘tarildi, Benzemada dubl

La Liga. «Real» «Kadis»dan yirik hisobda ustun kelib 1-o‘ringa ko‘tarildi, Benzemada dubl

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 31-turida «Real» safarda «Kadis» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Benzema dublga erishgan bo‘lsa, Odriosola madridliklar safidagi debyut golini urdi. 
«Real» ochkolarini 70taga yetkazib, peshqadam «Atletiko»ga yetib oldi va o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra 1-o‘ringa joylashdi. «Kadis» 36 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi. 
La Liga, 31-tur, 21 aprel
Kadis — Real 0:3
Gollar: Benzema (30, penalti, 40), Odriosola (33). 
Kadis – Ledesma, Fali Ximenes, Espino (Alexo, 65), Karselen (Akapo, 46), Markos Mauro, Iskerdo, Xose Mari (Kala, 46), Yonsson, Salvi Sanches (Losano, 46), Negredo (Shaponich, 46), Sobrino. 
Real – Kurtua, Odriosola (Isko, 61), Nacho, Varan (Karvaxal, 61), Marselo (Migel Guterres, 74), Rodrigo, Antonio Blanko, Vinisius Junior (Asensio, 61), Kazemiro, Militao, Benzema (Mariano, 74).
Ogohlantirishlar: Salvi Sanches (8), Varan (22), Karselen (29), Yonsson (41), Nacho (46), Marselo (68), Akapo (90)
Alaves — Vilyarreal 2:1
Gollar: Xoselu (17), Mendes (80) — Pako (50). 
Betis — Atletik 0:0
Elche — Valyadolid 1:1
Gollar: Fidel (22) — Olasa (86).
197   

Комментарии
(1)

  1. Oxunjon 23 апреля 2021 05:16
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Real In Sha Allox chempion buladi nasib bulsa La Liga vs Liga chempionov
Добавить комментарий
Ваше имя: *