Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor” o‘z maydonida Pro-Liga jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. “Qizilqum” va “Olimpik”da ham yirik g‘alabalar

O‘zbekiston Kubogi. “Navbahor” o‘z maydonida Pro-Liga jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. “Qizilqum” va “Olimpik”da ham yirik g‘alabalar

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 22-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” o‘z maydonida “Oq-Tepa”ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Mezbonlarning gollariga Ehsoni Panshanbe, Zabihillo O‘rinboyev va Abbosjon G‘ulomov mualliflik qildi.
“Qizilqum” “Xorazm” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvda 4:1 hisobida Navoiy klubining qo‘li baland keldi. Gollar Elguja Grigalashvili, Jamshid Hasanov, Shamsiddin Sa’dullayev, Timur Bekchanov va Oybek Qilichev hisobiga yozildi.
Pro-Liga vakillari “Olimpik” va “Zomin” o‘rtasidagi bahsda Temur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilar g‘alaba qozondi. “Olimpik”ning gollariga Alisher Odilov (het-trik), Temur Mamasidiqov va Bektemir Abdumannonov mualliflik qildi.
O‘zbekiston Kubogi 2-tur o‘yinlari 24—26-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Kubogi
Guruh bosqichi, 1-tur bahslari

“Sho‘rtan” – “Neftchi” 1:0

Gol: 1:0 — 90+2 Shodmonov.

“Navbahor” – “Oq-Tepa” 3:0

Gollar: 1:0 — 60 Ehsoni Panshanbe, 2:0 — 69 O‘rinboyev, 3:0 — 79 G‘ulomov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azim Ahmedov, 9. Ivan Solavyov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 11. Islom Isoqjonov, 17. Ehsoni Panshanbe, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 38. Doston Abdulhayev, 95. Zabihillo O‘rinboyev.
“Oq-tepa”: 12. Umidjon Hamroyev, 4. Samuel Opeks, 6. Sunnatilla Mamadaliyev, 7. Sherzod Qodirov, 10. Estevan Ospina, 20. Olimjon Karimov, 22. Ubaydulla Xoliqulov, 29. Muhammad Ali Mansurov, 55. Avaz Agaliyev, 11. Long Ji Song, 96. Shohjahon Qilichev.

“Olimpik” – “Zomin” 5:0

Gollar: 1:0 — 7 Odilov, 2:0 — 14 Odilov, 3:0 — Odilov, 4:0 — 43 Mamasidiqov, 5:0 — 87 Abdumannonov.

“Xorazm” – “Qizilqum” 1:4

Gollar: 0:1 — 30 Grigalashvili, 0:2 — 61 Hasanov, 0:3 — 69 Sa’dullayev, 1:3 — 90+2 Bekchanov, 1:4 — 90+3 Qilichev.
“Xorazm”: 12. Eldor Shuhratbekov, 4. Jasur Otajanov, 5. Temur Masharipov, 6. Farrux Haydarov, 7. Dadaxon Yusupov, 8. Sardor Jahonov, 10. Temur Bekchanov, 17. Saidjamol Davlatjonov, 19. Habibulla Matyoqubov, 88. Abror Husinov, 99. Shahzod Beshimov.
“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Boydullayev, 7. Oybek Qilichev, 14. Fayzulla Qambarov, 18. Jasur Azimov, 19. Jamshid Hasanov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 25. Aziz Usmonov, 30. Elguja Grigalashvili, 33. Shahzod Turopov, 44. Humoyun Abdualimov.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *