Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Cheferin Superligadan chiqmagan 4 klub haqida: «Ular ECHLda qatnashishmaydi»

Cheferin Superligadan chiqmagan 4 klub haqida: «Ular ECHLda qatnashishmaydi»

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ba’zi klublarning Superligadan chiqmagani haqida gapirdi.
Accosiated Press «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Milan» hali ham loyihani tark etmaganligini ta’kidlamoqda. 
Cheferin klublar Superligada qatnashish yoki qatnashmaslik borasida bir qarorga kelishlari kerakligini aytdi. 
«Shubhasiz, klublar Superliga yoki Yevropa klubi ekanliklarini hal qilishlari kerak. Agar ular Superligada ekanliklarini aytishsa, albatta, Chempionlar Ligasida o‘ynashmaydi. Ular bunga tayyor bo‘lishsa, o‘z turnirlarida o‘ynashlari mumkin», –deya Cheferinning so‘zlarini keltiradi The Associated Press.
41   
Добавить комментарий
Ваше имя: *