Goal24.uz » Chempionlar ligasi » “Real”, “Barselona” va “Yuventus” Chempionlar Ligasidan chetlatilishi mumkin

“Real”, “Barselona” va “Yuventus” Chempionlar Ligasidan chetlatilishi mumkin

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasi a’zoligidan chiqmagan klublar haqida gapirdi.
Associated Press nashrining xabar qilishicha, “Real”, “Barselona”, “Yuventus” va “Milan” klublari loyihani tark etmagan.
“Hammasi ayon, klublar Superliga yoki Yevropani tanlashi kerak. Agar ular ‘Biz Superligadamiz’ desa, u holda, albatta Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydi. Agar ular bunga tayyor bo‘lsa, o‘zining musobaqasida bemalol o‘ynayverishi mumkin”, — deydi Cheferin.
Avvalroq APLning olti klubi, “Atletiko” va “Inter” Superligani tark etishini ma’lum qilgandi. “Milan” va “Yuventus” esa ayni damda loyihani amalga oshirishning iloji yo‘qligi haqida bayonot bergandi. “Barselona” esa yaqinda Superliga a’zoligidan chiqmasligini ma’lum qildi.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *