Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» mavsum yakunida YeCHLga yo‘llanma olmasa, Ronaldu klubni tark etadi. Unga ikki klub da’vogar

«Yuventus» mavsum yakunida YeCHLga yo‘llanma olmasa, Ronaldu klubni tark etadi. Unga ikki klub da’vogar

Автор: admin

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida «Yuventus»ni tark etish haqida o‘ylamoqda, deya yozadi Tuttosport.
Manbaning xabar berishicha, «Yuventus» mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, portugaliyalik forvard Turinni tark etadi. 36 yoshli hujumchi faoliyatini «Pari Sen-Jermen» yoki «Manchester Yunayted»da davom ettirishi kutilmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh Ronaldu borasida ikki klubdan ham taklif olgan. 
Avvalroq, «Real» prezidenti Florentino Peres Ronaldu Madridga qaytmasligi haqida ma’lum qilgandi. Futbolchining o‘zi esa Manchesterga qaytmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» A Seriya 33-turidan keyin 66 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Ronaldu 25ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *