Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo keyingi turdayoq iste’foga chiqarilishi mumkin. «Yuventus» murabbiy oldiga talab qo‘ydi

Pirlo keyingi turdayoq iste’foga chiqarilishi mumkin. «Yuventus» murabbiy oldiga talab qo‘ydi

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirloning Turin klubidagi faoliyati so‘roq ostida qolmoqda.
La Stampa’ning yozishicha, Turin jamoasi keyingi turda «Udineze» bilan bahsda mag‘lubiyatga uchrasa, bosh murabbiy Andrea Pirlo iste’foga chiqariladi. Klub rahbariyati bu haqda italiyalik murabbiyni xabardor qilgan.
Qayd etilishicha, klub xo‘jayini Andre Anellli Pirloni lavozimidan ozod etgan taqdirda, mavsum yakunigacha «Yuventus»ni jamoaning sobiq futbolchisi xorvatliyalik Igor Tudor boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, Turin klubi A Seriya 33-turidan keyin 66 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *