Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» 2020 yilda qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

«Liverpul» 2020 yilda qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

Автор: admin

«Liverpul» klubi 2020 yil moliyaviy yakunlariga ko‘ra, hisobotlarini e’lon qildi.
Klubning 2020 yilning may oyiga qadar bo‘lgan yillik moliyaviy hisobot davrida qayd etilishicha, «Liverpul» o‘tgan davrda 46 million funt sterling zarar ko‘rgan. 
Taqqoslash uchun, 2019 yilgi moliyaviy hisobotlarga ko‘ra klub 42 million funt sterling daromad qilgan edi. Shu tariqa, jamoaning moliyaviy bir yillikdagi yo‘qotishlari hajmi 88 million funtni tashkil etgan. 
«Liverpul»ning tijoriy faoliyatidan keladagan daromad 29 million funtga o‘sganiga qaramay, mediadaromadi 59 million funtga qisqargan. O‘yinlar o‘tkazishdan keladigan daromad esa 71 million funtgacha kamaygan.
Klubning daromadlari kamayishi sababi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq. Qayd etilishicha, jami zarar miqdori 120 million funtdan ko‘proq.
Ma’lumot uchun, avvalroq klubning maoshlar uchun sarflaydigan mablag‘i 310 milliondan 325 million funtgacha oshgani haqida xabar qilingandi.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *