Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp “Liverpul”ni tark etadi. O‘rniga nomzod tayyor

Klopp “Liverpul”ni tark etadi. O‘rniga nomzod tayyor

Автор: admin

U tezroq ketishi kerak...
“Liverpul” klubi rahbariyati jamoa joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmagani va yaxshi natijalar qayd etmayotgani bois, mavsum yakunlanishi bilan bosh murabbiy Yurgen Kloppni lavozimidan ozod etmoqchi.
Manbalarning ta’kidlashicha, klubga ega qiluvchi Fenway Sport Group xo‘jayinlari germaniyalik mutaxassis o‘rniga “Sevilya”ni boshqarayotgan Xulen Lopetegini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Lopetegi Ispaniya terma jamoasi va “Real”dagi muvaffaqiyatsizliklaridan keyin o‘z mavqeini tiklab oldi. Shu bois, “Liverpul” xo‘jayinlari ispaniyalik murabbiyni olib kelish uchun “Sevilya”ga kompensatsiya to‘lashga ham tayyor.
Kloppning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha imzolangan. Agar u ishdan olinadigan bo‘lsa, klub xo‘jayinlari shartnomani bekor qilgani uchun germaniyalik murabbiyga ham kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.
241   

Комментарии
(1)

  1. икром 1 мая 2021 22:37
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Агар клоп ишдан кетса ливерпул анча зайиф жамога айланади
Добавить комментарий
Ваше имя: *