Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Villianning dubli London derbisida «Chelsi»ga 3 ochko keltirdi

APL. Villianning dubli London derbisida «Chelsi»ga 3 ochko keltirdi

Автор: admin

Angliya chempionatining 18-turi doirasida markaziy o‘yinlardan biri bugun «Tottenxem Xotspur Stedium»da bo‘lib o‘tdi. "Tottenxem" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Lempard jamoasi tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Villian chap qanotda ildam harakat bilan himoyachidan o‘tib ketib, olis burchak tomon aniq zarba berdi.

Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "shporlar" posboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Jarima maydoni tomon uzatilgan to‘pni Gassaniga qo‘li bilan ushlab o‘rniga baland sakrab tepib yubormoqchi bo‘ldi. Uning oyog‘iga to‘pga tegmadi va posbon Markus Alonsoga urildi. Hakam VAR yordamida "Tottenxem" darvozasi tomon penalti belgiladi.

Mourinyo shogirdlari ikkinchi bo‘limni faol boshlab, vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Ammo bahsning 62-daqiqasida o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan voqealardan biri yuz berdi. "Chelsi" futbolchisi Son Xeung Minga nisbatan qo‘pollik ishlatdi, hakam hushtagini chaldi. Shundan so‘ng koreyalik futbolchi yotgan joyida oyog‘ini baland ko‘tarib, raqib futbolchisi qorniga tepib yubordi. VAR vaziyatga aralashdi va Son Xeung Minga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

O‘n kishi bo‘lib qolgan mezbonlarda bugungi o‘yinni yutish uchun yetarlicha qudrat qolmada. Mehmonlar qolgan daqiqalarni ishonchli o‘tkazib, g‘alabani saqlab qolishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Chelsi" o‘z ochkolarini 32taga yetkazib, 4-pog‘onani saqlab qolgan bo‘lsa, "Tottenxem" 7-o‘ringa tushib qoldi.

APL, 18-tur
Tottenxem – Chelsi 0:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Villian, 0:2 – 45, penalti Villian.
Tottenxem – Gassaniga, Sanches, Alderveyreld, OrYE, Vertongen (Rouz, 74), Dayer (Eriksen, 46), Alli, Sissoko, Lukas Moura (Ndombele, 74), Son Xeung Min, Keyn.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta (Jeyms, 80), Tomori, Zuma, Alonso, Maunt, Kovachich (Jorjinyo, 68), Villian, Kante, Ryudiger, Abraxam (Batshuayi, 80).
Ogohlantirishlar: Zuma (31), Alli (43), Kovachich (43), Gassaniga (45), Sissoko (58), Alderveyreld (67), Ryudiger (78).
Chetlatish: Son Xeung Min (62).

231   
Добавить комментарий
Ваше имя: *