Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares: «Barsa»dan ketish Messi uchun to‘g‘ri qadam bo‘lmaydi»

Suares: «Barsa»dan ketish Messi uchun to‘g‘ri qadam bo‘lmaydi»

Автор: admin

«Atletiko» forvardi Luis Suares sobiq jamoadoshi Lionel Messining «Barselona»dan ketishi mumkinligiga munosabat bildirdi.
«Agarda Messi mendan maslahat so‘raganida, uni «Barselona»dan boshqa klubga tasavvur qila olmasligimni do‘st sifatida tushuntirardim. Leoning «Barsa»dan ketishi o‘zi uchun ham, klub uchun ham to‘g‘ri qadam bo‘lmaydi. Ammo bu jamoadagi uzoq faoliyati uchun ham Messi qarorni shaxsan o‘zi qabul qilishga haqli.
Eng yaxshi yo‘l – faoliyatingni yana 3-4-5 yoki 6 yildan keyin o‘zing eng baxtiyor bo‘lgan klubda yakunlashdir. «Barselona» Messi uchun hamma narsa bergan, Leo ham bu jamoaga borini berdi», -deydi «Atletiko»ning urugvaylik forvardi Sport.es bilan suhbatda.
Avvalroq, «Pari Sen-Jermen» Messiga 3 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabar berilgandi. 33 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *