Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» Mingesa bilan shartnomani uzaytirib, tovon pulini 100 million yevro deb belgiladi

«Barsa» Mingesa bilan shartnomani uzaytirib, tovon pulini 100 million yevro deb belgiladi

Автор: admin

«Barselona» klubi jamoa himoyachisi Oskar Mingesa bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, ispaniyalik futbolchi bilan kelishuv yana ikki yilga – 2023 yilning yoziga qadar uzaytirilgan. Imzolangan yangi shartnomada futbolchining tovon puli sifatida 100 million yevro belgilangan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 24 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *