Goal24.uz » O'zbekiston » “Paxtakor” va “OKMK” OChL guruh bosqichidagi ishtirokidan qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor” va “OKMK” OChL guruh bosqichidagi ishtirokidan qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Osiyo Chempionlar Ligasining g‘arb mintaqasida 2021-yilgi mavsum guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi.
Guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning “Paxtakor” va “OKMK” klublari pley-offga yo‘l ololmadi.
“Paxtakor” mazkur musobaqadagi ishtirokidan 90 ming dollar ishlab oldi. Bitta g‘alaba uchun 50 ming va to‘rtta durangga 40 ming dollar (har bir durang uchun 10 mingdan) pul mukofotiga ega bo‘ldi.
“OKMK” esa 110 ming dollar ishladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari guruh bosqichida ikki g‘alaba (100 ming) va bitta durang qayd etdi (10 ming).
Olmaliqliklar bilan bir guruhdan o‘rin olgan Tojikistonning “Istiqlol” klubi guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha 160 ming dollarga (3 g‘alaba, 1 durang) ega chiqqan bo‘lsa, 1/8 finalga yo‘l olgani uchun qo‘shimcha 100 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Jami — 260 ming dollar.
O‘zbekistonlik futbolchilar Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov va Aziz G‘aniyev to‘p tepadigan “Shabob al-Alhi” “OKMK” bilan bir xil natija qayd etib, 110 mingga ega chiqdi.
Otabek Shukurovning “Sharja”si esa 170 ming (3 g‘alaba, 2 durang) va pley-off yo‘llanmasi uchun yana 100 ming dollarni qo‘lga kiritdi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *