Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Benzemaning borar manzili aniq bo‘ldi

Benzemaning borar manzili aniq bo‘ldi

Автор: admin

Uning azaliy orzusi bor
“Real” hujumchisi Karim Benzemaning sobiq agenti Karim Jaziriy frantsiyalik futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirishini ma’lum qildi. Uning gaplariga qaraganda, 33 yoshli to‘purar o‘zini tarbiyalagan “Lion”ga qaytadi.
Karim Benzema “Real”da har bir futbolchi orzu qiladigan narsalarga erishdi. Uning bosh murabbiy, jamoadoshlari va muxlislar bilan iliq munosabatlarini inobatga olib, Madridga ketishiga ishonish qiyin.
Lekin Benzema “Lion”ni tark etganidan beri, uning asl maqsadi bitta – “Lion”ga qaytish bo‘lib qolgan. Karim “Lion” bilan Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmagani unga armon bo‘lib qolgan. “Real”ni Joze Mourino boshqargan paytda uning portugaliyalik mutaxassis bilan munosabati yaxshi emasdi. O‘shanda menga “Lion”ga qaytishini aytgandi. Biroq, Madridda qolishiga ko‘ndirgan edim.
Hozir ham u “Lion”ga qaytishni o‘ylab yurganiga aminman. Qachonki, “Real”dan ketishga qaror qilsa, sobiq jamoasiga boradi, - dedi Karim Jaziriy.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *