Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Rabo: «Ronaldu Ilon Maskka o‘xshaydi»

Rabo: «Ronaldu Ilon Maskka o‘xshaydi»

Автор: admin

«Yuventus» yarimhimoyachisi Adriyen Rabo jamoadoshi Krishtianu Ronalduni SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan taqqosladi. 
«Uning muvaffaqiyatlari kaliti mehnat, mehnat va ko‘proq mehnatda. U Tesla rahbari Ilon Maskka o‘xshaydi. Ularning ikkalasi ham qattiq ishlaydi va hech qachon to‘xtamaydi. 
Krishtianuning yonida ishlaganim sababli uning o‘ziga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l ekanligini ko‘ryapman. U, albatta, tabiiy iste’dodga ega, ammo bu yetarli emas. 
Ronaldu tanasini aql bilan boshqaradi. U 36 yoshida yuklamalarni qanday taqsimlashni biladi. Bu — o‘rganib bo‘lmaydigan narsa. Bu ruhiy holat, iroda masalasidir.
Yoshi va charchaganiga qaramay, Ronaldu deyarli barcha bahslarda o‘ynaydi. U bor kuchini sarflaydi. Uning doimiy fidoyiligi — namuna», — deya Raboning so‘zlarini keltiradi Alfredo Pedulli. 
Portugaliyalik hujumchi bu mavsumda A Seriyada 30ta o‘yin o‘tkazib, 27ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *