Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Pochettino: «Haqiqiy jang bo‘ladi. Maqsadimiz — «Siti»ni to‘pdan mahrum qilish»

Pochettino: «Haqiqiy jang bo‘ladi. Maqsadimiz — «Siti»ni to‘pdan mahrum qilish»

Автор: admin

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YeCHL yarimfinalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi javob bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
«Mbappening holatini yana bir bor tekshiramiz. U individual shug‘ullanmoqda. U o‘zini qanday his qilayotganini bilib, keyin qaror qabul qilamiz. 
Bizda katta tarkib bor. Barcha futbolchilar vazifani bajara olishadi. Kilian o‘ynay olmasa ham, jamoada g‘alabaga erishish uchun hamma narsa bor. 
Maqsadimiz — raqibni to‘pdan mahrum qilish. O‘yinchilarning ustunliklarini inobatga olsak, jamoamiz ham to‘pni saqlab turishni yaxshi ko‘radi. ammo to‘p bilan muomala va hujumga o‘tishdagi muvozanatni saqlash kerak. 
Agressiv o‘ynaymiz va o‘z imkoniyatlarimizdan ununmli foydalanishga harakat qilamiz. Ikkita gol urishimiz kerak. Haqiqiy jang bo‘ladi. Og‘ir o‘yin kutmoqda, lekin biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. 
Bunday o‘yinlarda biror narsani taxmin qilish qiyin. Futbol — ajablantiradigan o‘yin», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti. 
«Manchester Siti» — «PSJ» bahsi bugun, 4 may kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda «shaharliklar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *