Goal24.uz » Jahon » Xavi mavsum oxirida “As-Sadd”ni tark etadi

Xavi mavsum oxirida “As-Sadd”ni tark etadi

Автор: admin

“Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi katta ehtimol bilan mavsum oxirida “As-Sadd” bosh murabbiyligi lavozimini tark etadi.
Al-Kas telekanalining xabar qilishicha, qatarliklar klubi 41 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida emas. Xavi mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Avvalroq “As-Sadd” Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagandi. Joriy mavsum klub birorta ham mag‘lubiyat qayd etmagan holda, Qatar chempioniga aylandi. Shuningdek, Xavi shogirdlari fevral oyida Qatar valiahdi Kubogida zafar quchdi.
Xavi 2015-yilda “Barselona”dan “As-Sadd”ga yo‘l olgan va u yerda 2019-yilga qadar to‘p surdi. Shundan keyin ispaniyalik mutaxassis jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgandi.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *