Goal24.uz » Foto lavhalar » Foto: Krishtianu Ronaldu yangi O‘zbekistonda to‘qilgan choponda

Foto: Krishtianu Ronaldu yangi O‘zbekistonda to‘qilgan choponda

Автор: admin

O‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov o‘zining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan navbatdagi suratni namoyish qildi.

Unda portugaliyalik futbolchi o‘zbek choponi kiyib olganini ko‘rish mumkin. “Yangi O‘zbekistonda qo‘lda tikilgan chopon”, — deyiladi izohda.
Avvalroq Mavlonov Ronalduning xuddi shu choponda tushgan suratini e’lon qilgandi. Shuningdek, Ronalduning qaylig‘i Jorjina Rodriges ham o‘zbekona to‘nda ko‘rinish bergan va bu libos O‘zbekistondan ekanini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu may oyida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ramzi tushirilgan libosda tushgan suratini Instagram sahifasiga joylagandi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *