Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A seriya. «Napoli» so‘nggi daqiqada gol urib, g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi

A seriya. «Napoli» so‘nggi daqiqada gol urib, g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ydi

Автор: admin

Gattuzo boshchiligidagi "Napoli" Italiya chempionatining 17-turi doirasida "Sassuolo" klubi mehmoni bo‘lib, juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Hamid Traore mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, "Sassuolo"ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi taymda esa ustunlik to‘laligicha neapolliklar tomonida bo‘ldi. Ular 57-daqiqada Allanning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalariga kelib Gattuzo shogirdlari bosimni oshirib borishdi. 78-daqiqada Xose Kalyexonning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib "Napoli"ning golini VAR bekor qildi — kichik ofsayd.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotganida mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Di Lorenso bosh bilan to‘pni olis ustun tomon yo‘naltirgan bo‘lsa, u yerda Elmaz bilan to‘p uchun kurash olib borgan Obiang o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa, Italiya chempionati doirasida ketma-ket 8ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgan "Napoli", "Sassuolo" maydonidan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Italiya A seriyasi, 18-tur
Sassuolo – Napoli 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 29 Traore, 1:1 – 57 Allan, 1:2 – 90+4, avtogol Obiang.
Sassuolo – Pegolo, Peluzo, Marlon (Romanya, 51), Kiryakopulos, Myuldyur, Lokatelli, Obiang, Dankan (Djurichich, 64), Traore, Boga (Manyanelli, 82), Kaputo.
Napoli – Meret, Manolas, Di Lorenso, Mariu Ruy, Luperto (Xyusay, 46), Zelinski, Allan, InsinYE, Fabian Ruis (Elmaz, 70), Kalyexon, Milik (Mertens, 77).
Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (33), Traore (37), Lokatelli (66), Elmaz (72)
192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *