Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. “Chelsi” 90+3-daqiqadagi gol evaziga “Manchester Siti”ni yengdi

APL. “Chelsi” 90+3-daqiqadagi gol evaziga “Manchester Siti”ni yengdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Manchester Siti” va “Chelsi” 8-may, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Manchesterda kechgan bahsda londonliklarning qo‘li baland keldi. Dastlab 44-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning o‘zida “shaharlik”lar hisobni oshirishi mumkin edi, ammo Serxio Aguero 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasiga kelib, Hakim Ziyosh muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada esa Markos Alonso gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Chelsi”ning ochkolari soni 64 taga yetdi, jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Siti” (80) esa mag‘lubiyatga qaramay peshqadamlik qilmoqda.

APL

35 -tur bahsi
8-may, shanba

“Manchester Siti” — “Chelsi” 2:1

Gollar: 1:0 – 44 Sterling, 1:1 – 63 Ziyosh, 1:2 – 90+3 Alonso.
“Manchester Siti”: Ederson, Mendi (Zinchenko, 80), Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres (Gundo‘g‘on, 71), Rodri, Sterling, Lyaport, Gabriel Jezus, Aguero (Foden, 70).
“Chelsi”: Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen (Zuma, 45), Jeyms, Ziyosh (Hadson-Odoi, 76), Kante (Jorjinyo, 68), Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.
Ogohlantirishlar: Sterling (12), Gabriel Jezus (90).
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *