Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda oyning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

APLda oyning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasi yakunlariga ko‘ra, oy laureatini aniqladi.
Unga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero Premer-liganing yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Argentinalik goleador o‘tgan oyda APL bahslarida 6ta gol urish bilan birga 3ta golga mualliflik ham qildi. Ushbu sovrin Aguero uchun yettinchisidir. Aguero APLning eng yaxshi xorijlik to‘purari sanaladi.
Oy laureati bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga, Alison Bekker («Liverpul»), Abdulaye Dukure («Uotford»), Jek Grilish («Asto Villa»), Jordan Henderson («Liverpul»), Ayose Peres («Lester») va Jek Stivens («Sauthempton») singari futbolchilar ham joy olgandi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida ushbu sovrin «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldga nasib qilgandi.


7     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *