Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Hafta o‘yinlari anonsi: Italiyada «Milan derbisi», Germaniyada peshqadamlar «jangi»

Hafta o‘yinlari anonsi: Italiyada «Milan derbisi», Germaniyada peshqadamlar «jangi»

Автор: admin

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator markaziy o‘yinlar o‘tkaziladi. Tribuna.uz quyidagi uchrashuvlarni tomosha qilishni tavsiya qiladi.
 Germaniya Bundesligasi. 21-tur
9 fevral (yakshanba)
«BAVARIYA» – «LEYPSIG»
O‘yin boshlanish vaqti:
22:00
TV-translyatsiya: «Sport»
 Germaniya Bundesligasida peshqadamlar «jangi»ga guvoh bo‘lamiz. So‘nggi ikki turda muhim ochkolarni yo‘qotgan «Leypsig» jamoasi «Bavariya»ga peshqadamlikni topshirib qo‘ydi. Myunxen jamoasi birin-ketin ochkolarni qo‘lga kiritib, yana 1-o‘ringa qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Endi esa ularda asosiy ta’qibchi bilan oradagi farqni oshirish imkoniyati bor, «Leypsig»da esa yana peshqadamlikni tortib olish imkoni mavjud. Jamoalarni bir ochkolik farq ajratib turibdi. Shunday ekan, yakshanba kungi «Alyans-arena»dagi o‘yinda jiddiy qarama-qarshilik kuzatilishi aniq. Odatda, mana shunday «katta o‘yin»larda g‘alaba qozongan jamoa chempionlik uchun katta qadam tashlagan bo‘ladi.
 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Leypsig – Bavariya – 1:1
Leypsig – Bavariya – 0:0
Bavariya - Leypsig – 1:0
Leypsig – Bavariya – 2:1
Bavariya - Leypsig – 2:0
 Italiya A Seriyasi. 23-tur
9 fevral (yakshanba)
«INTER» – «MILAN»
O‘yin boshlanish vaqti:
00:45
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Yevropa «uik-end»ining bosh to‘qnashuv «Juzeppe Meatssi» stadionida kuzatiladi. Butun Milan ahli «San-Siro» stadioni tomon oshiqadi. Shu kuni nafaqat bu shahar, dunyo ham ikki tomonga bo‘linadi – «oq-ko‘klar» va «qizil-qoralar»ga. «Inter»ning yana chempionlik uchun kurash olib borayotgani, «Milan»ga esa shonli davrlarini eslatuvchi Zlatan Ibrahimovichning qaytishi o‘yin darajasini ko‘tarishi aniq. «Milan derbisi» millionlab muxlislarning e’tibori yana «Juzeppe Meatssi»ga qaratilishini ta’minlamoqda. Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinlarda «neradzurrilar» «rossonerilar» ustidan ustunlik qilib kelayotgan bo‘lishsa-da, Ibrahimovich sharifining o‘ziyoq bu to‘qnashuv oldidan muvozanatni tenglashtirib qo‘yadi. Bu bahsgacha tiklanishi kutilayotgan shved «Inter» himoya qo‘rg‘oni uchun jiddiy xavf sanaladi. «Inter» safida esa yana bir gigant Lukaku himoyachilar uchun qo‘rqinchli tushga aylanmoqda. Peshqadamlik uchun kurash avjiga chiqayotgan paytda Antonio Konte jamoasi ochko yo‘qotishga aslo rozi bo‘lmasa-da, «Milan» ham derbida «jang»ga kirishgandek maydonga tushishi aniq.
Yakshanba kungi markaziy uchrashuvni sharhlashi kutilayotgan Xayrulla Hamidov bu bahs haqida shunday yozadi:
«Ha, Italiya futboliga baribir boshqacharoq qarayman. Ayniqsa, derbilariga. Yakshanba oqshomida kechadigan bahs, ishoning, haftangizning bezagi bo‘ladi. Parallel vaqtga «Betis» - «Barselona» (Seten sobiq jamoasiga qarshi) va «PSJ» - «Lion» o‘yinlari qo‘yilgan. La Liga va Fransiya chempionatiga achindim. Milanlik tifozilar hozirdanoq petardalarni tayyorlashyapti. Ehtiyot bo‘lasiz!» - deya yozadi sharhlovchi.
 O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Milan – Inter – 0:2
Milan – Inter – 2:3
Inter - Milan – 1:0
Milan – Inter – 0:0
Inter - Milan – 3:2
Ispaniya La Ligasi. 23-tur
9 fevral (yakshanba)
«BETIS» – «BARSELONA»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
 Kuni kecha Ispaniya kubogi doirasida «Atletik»ga mag‘lub bo‘lgan «Barselona» bu safar La Liga doirasida «Betis» mehmoni bo‘ladi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Seten o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Betis»ga qarshi jamoasini tayyorlaydi. Seten aynan «Betis» bilan «Barsa»ni «Nou Kamp»da mag‘lub etgan so‘nggi murabbiy bo‘lib turibdi. Endi esa murabbiy «Barsa» bilan bu ishni «Betis» maydonida takrorlashiga to‘g‘ri keladi. Primera turnir jadvalida «Real»ni ta’qib etayotgan Messi yetakchiligidagi jamoani g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi. «Betis» ushbu bahsda sensatsiya qayd eta olsa, 12-o‘rindan 9-o‘ringa chiqib olish imkoniyatiga ega. «Barselona» safardagi ketma-ket 5 o‘yindan bor yo‘g‘i bittasida kubok doirasida «Ibitsa»ni mag‘lub eta oldi, qolgan to‘rt bahsda g‘alaba nimaligini bilmadi. Ko‘ramiz, Kataloniya klubi bu safar mehmondagi noxush an’anani buza olarmikan?
O‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:
Barselona – Betis – 5:2
Betis – Barselona – 1:4
Barselona – Betis – 3:4
Betis – Barselona – 0:5
Barselona – Betis – 2:0.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *