Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Koutinoga transfer narxi belgiladi

«Barselona» Koutinoga transfer narxi belgiladi

Автор: admin


«Barselona» klub yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati braziliyalik futbolchi uchun transfer bozorida 100 million yevro to‘laydigan klub topilmasligini yaxshi tushunib turibdi. Ayni damda ijara asosida «Bavariya» klubida to‘p surayotgan yarimhimoyachini Myunxen klubi ham sotib olishni o‘ylamayapti. Qolaversa, ijarani davom ettirish uchun ham yillik 8 million yevro bermoqchi ham emas.
Shu bois, kataloniyaliklar rahbariyati Braziliya milliy jamoasi futbolchisini 80-90 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Filippe Koutino ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 18 o‘yinda 6ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


8     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *