Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» sobiq murabbiyi: «Lingardni avvaldan ingliz Inestasi deb hisoblaganman»

«MYU» sobiq murabbiyi: «Lingardni avvaldan ingliz Inestasi deb hisoblaganman»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq murabbiyi Rene Myolensten jamoa yarimhimoyachisi Jessi Lingard haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Lingardni avvaldan ingliz Inestasi deb hisoblaganman. Andres va Jessi o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Ikki futbolchi ham butun o‘yin davomida bo‘sh zonalarni qidiradi, maydonda muntazam harakatda bo‘lishadi. Ular orasidagi yagona farq – Lingardga gollar yetishmayapti. Tez orada Jessi gollar urishni ham boshlashiga shubham yo‘q.
Agarda, Lingardni «Barselona»ga jo‘natib, Inestaning pozitsiyasida qo‘yilsa, u bemalol o‘ynab keta olardi. Sababi, bunday o‘yin uslubiga ega futbolchiga Angliyadan ko‘ra, Ispaniyada o‘ynab ketish osonroq bo‘ladi», - deya Myolestenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bleacher Report.
Ma’lumot uchun, Lingard ushbu mavsumda APL doirasida 20 o‘yinda maydonga tushib, samaradorlik ko‘rsatmagan.


58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *