Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp Gvardiola rekordini yangiladi

Klopp Gvardiola rekordini yangiladi

Автор: admin


«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Nemis mutaxassisi qo‘l ostidagi jamoa o‘tgan oydagi barcha – 5 o‘yinda g‘alaba qozonib, maksimal 15 ochko to‘pladi. Yurgen Klopp ushbu mavsumda beshinchi marta bu sovringa ega chiqib, rekordni yangiladi. Bungacha, eng yaxshi natija sifatida «Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiolaning 2017/18 yilgi mavsumda sovringa to‘rt marta egalik qilgan edi. Yanvar oyidagi bu sovrin mersisaydlar ustozining faoliyatidagi sakkizinchisi bo‘ldi.
Kloppdan tashqari so‘rovnomada nomzodlar safiga Gvardiola, Ralf Xazenxyuttl («Sauthempton») va Nayjel Pirson («Uotford»)lar ham joy olgandi.


9     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *