Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga nisbatan tekshiruv boshladi

UEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga nisbatan tekshiruv boshladi

Автор: admin

UEFA Superliga loyihasi bo‘yicha «Barselona», «Real» va «Yuventus» klublariga nisbatan ish ochdi.
«UEFA dissiplinar reglamenti 31-modda 4-bandiga muvofiq, bugun 12 may kuni «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublarining Superliga loyihasidagi aloqadorligi yuzasidan UEFA normativ-huquqiy bazasining ehtimoliy buzilishi bo‘yicha intizomiy tekshiruv o‘tkazish masalasida nazoratchilar tayinlandi», - deyiladi tashkilot bayonotida.
Avvalroq, Superliga loyihasining ta’sischi 12 klubi orasidan 9tasi turnirdagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgan edi. UEFA bu klublarni faqatgina daromadining ma’lum qismini jarima sifatida ushlab qolishini ma’lum qilgandi. «Barsa», «Real» va «Yuventus» klublari esa ikki yilga yevrokuboklardan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *