Goal24.uz » O'zbekiston » JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistonida o‘tadigan o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistonida o‘tadigan o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

O‘zbekiston terma jamoasi iyun oyi boshida JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Vadim Abramov shogirdlarining Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimda o‘tkaziladigan mazkur musobaqadagi dastlabki o‘yini 7-iyun kuni Singapurga qarshi bo‘ladi. Keyinchalik O‘zbekiston terma jamoasi Yaman (11-iyun) va Saudiya Arabistoni (15-iyun) bilan o‘ynaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Barcha uchrashuvlar O‘zbekiston vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Quyida O‘zbekiston o‘rin olgan D guruhidagi qolgan o‘yinlar taqvimi bilan tanishing.
JCh—2022 / OK—2023 saralashi
3-iyun, payshanba

Falastin — Singapur 23:00

5-iyun, shanba

Saudiya Arabistoni — Yaman 23:00

7-iyun, dushanba

O‘zbekiston — Singapur 23:00

11-iyun, juma

Yaman — O‘zbekiston 23:00

Singapur — Saudiya Arabistoni 23:00

15-iyun, seshanba

Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston 23:00

Falastin — Yaman 23:00


O‘zbekiston terma jamoasi 20-may kuni Toshkentda yig‘inni boshlaydi. 28-may kuni terma jamoa delegatsiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29-may kuni Dubay shahrida Avstraliya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
264   
Добавить комментарий
Ваше имя: *