Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona”ga kerak bo‘lmagan futbolchi 6 klubdan taklif oldi

“Barselona”ga kerak bo‘lmagan futbolchi 6 klubdan taklif oldi

Автор: admin

Zo‘r futbolchi ko‘chada qolmaydi
Ronald Kuman “Barselona”ning asosiy asosiy tarkibidan joy bermagani bois, “Betis” sharafini himoya qilayotgan Emerson Aparesido faoliyatini bosh klubda davom ettirishi mumkin.
22 yoshli braziliyalik himoyachiga Angliya, Frantsiya, Italiya va Ispaniyaning o‘zida jiddiy takliflar bo‘lyapti.
Ayni paytda “Arsenal”, “Tottenxem”,  PSJ, “Bavariya”, “Milan” va “Vilyarreal” iste’dodli futbolini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu futbolchining transfer huquqining yarmi “Barselona”ga, qolgan qismi esa “Betis”ga tegishli. Biroq, kataloniyaliklarda mavsum yakunida Emersonning transfer huquqini 9 million evro evaziga to‘liq sotib olish imkoni bor.
Yosh himoyachining bugungi kundagi umumiy narxi 25 million evroga teng. Kataloniyalilar uning transferidan pul ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Emerson joriy mavsumda “Betis” tarkibida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *