Goal24.uz » Jahon » Jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari e’lon qilindi

Jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari e’lon qilindi

Автор: admin

«Barselona» sardori Lionel Messi jahonning eng ko‘p haq oluvchi futbolchisi sifatida qolmoqda, deya yozadi L'Equipe nashri.

Manbaga ko‘ra, Messi Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasiga binoan 8,3 million yevro oylik maosh olmoqda. Ikkinchi o‘rindan Krishtianu Ronaldu o‘rin olgan bo‘lib, portugaliyalik futbolchi oyiga 4,5 million yevro maosh oladi.

Uchlikdan «Pari Sen-Jermen» forvardi Neymar joy olgan. Braziliyalikning oylik maoshi 3 million yevroni tashkil etadi. Maoshlar borasidagi top-5likdan «Barselona» hujumchilari Luis Suares va Antuan Grizmann ham o‘rin olgan. Urugvaylik va fransiyalik futbolchilar bir xil – oyiga 3 million yevrodan maosh olishadi.

Angliyada eng ko‘p haq oluvchi futbolchi «Manchester Yunayted» golkiperi David de Xea sanaladi. Ispaniyalik posbon oyiga 1,76 million yevro oladi. Germaniyada esa eng ko‘p maosh «Bavariya»ning ikki futbolchisida - Robert Levandovski va Filippe Koutino oyiga 1,66 million yevro haq olishadi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *