Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" va Chelsi o'zaro futbolchi almashtirmoqchi

"Barselona" va Chelsi o'zaro futbolchi almashtirmoqchi

Автор: admin

Italiyalik futbolchi yangi mavsumni "Kamp Nou"da boshlashi mumkin.
“Barselona” yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar Pyanichni “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino Frello bilan almashtirmoqchi. “Barselona” rahbariyatining fikricha, italiyalik futbolchining o‘yinlari tajribali Serji Busketsnikiga juda o‘xshab ketadi.
“Ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi rejalariga “Chelsi” qanday fikrdaligi hozircha noma’lum.
Pyanich ushbu yozda Kataloniya klubini tark etishga tayyor. U sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tmoqchi. Bundan tashqari, yarim himoyachi yangi jamoasida muhim futbolchi bo‘lishni xohlamoqda.
Avvalroq “Barselona” Pyanichni "Yuventus"ga qaytarib, o‘rniga Rodrigo Bentankurni olishni reja qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
31 yoshli Pyanich "Barselona" tarkibida joriy mavsum La Ligada17 o‘yinida maydonga tushdi. Jorjino bu mavsumda APLning 25 uchrashuvida maydonga tushib, 6 gol va 1 golli uzatma muallifi bo‘ldi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *