Goal24.uz » Jahon » Forbes jahonning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi. Makgregor, Messi va Ronaldu – uchlikda

Forbes jahonning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi. Makgregor, Messi va Ronaldu – uchlikda

Автор: admin

Ikki vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p haq oladigan sportchilari ro‘yxatini boshqarmoqda.
Ushbu reytingni tuzishda sportchilarning 2020 yil 1 mayidan 2021 yilning 1 may kuniga qadar topgan daromadlari hisoblangan.
Ro‘yxatni 180 million dollar bilan ilk bor Makgregor boshqardi. Irlandiyalik jangchi bu mablag‘ning asosiy qismini o‘z brendi ostidagi viski sotuvidan topgan (150 million). MMAdan esa 32 yoshli sportchi 22 million daromad olgan.
Ikkinchi o‘rindan «Barselona» futbolchisi Lionel Messi joy olgan – 130 million dollar. Shundan 97 millionni argentinalik klubdagi faoliyati orqali, 33 millionni esa homiylardan olgan. 
Uchlikni «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu yakunlagan — 120 mln.
Forbes talqiniga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan sportchilar top-10ligi:
1. Konor Makgregor (MMA) — 180 mln dollar
2. Lionel Messi (futbol) — 130 mln.
3. Krishtianu Ronaldu (futbol) — 120 mln.
4. Dak Preskot (amerikancha futbol) — 107,5 mln.
5. Lebron Jeyms (basketbol) — 96,5 mln.
6. Neymar (futbol) — 95 mln.
7. Rojer Federer (tennis) — 90 mln.
8. Lyuis Hemilton — (avtopoyga) — 82 mln.
9. Tom Bredi (amerikancha futbol) — 76 mln.
10. Kevin Dyurent (basketbol) — 75 mln.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *