Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman "Barselona"dagi kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi

Kuman "Barselona"dagi kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi

Автор: admin

Niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman yana bir bor Kataloniyaning «Barselona» jamoasidagi kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi.
Bu Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida kechgan «Levante» bilan (3: 3) o‘yindan so‘ng sodir bo‘ldi.
«Mas’uliyat menda, chunki men bosh murabbiyman. Men juda xafa bo‘ldim. Jamoa yetakchi edi, ochko yo‘qotishimiz hech kimning xayoliga ham kelmagan edi.
Murabbiylarga kelajak haqida tez-tez savollar berishadi. Tabiiyki, bunday natijadan keyin ular mendan norozi bo‘lishadi», - deydi Kuman.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Kataloniya klubi 76 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Atletiko Madrid» esa 77 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi.
Manba: Marca
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *