Goal24.uz » Transfer » Ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilar o'nligi elon qilindi (KPMG)

Ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilar o'nligi elon qilindi (KPMG)

Автор: admin

Niderlandiyaning KPMG auditorlik kompaniyasi ushbu ro'yxatni taqdim etdi.
Eng qimmat futbolchilar reytingini tuzishda bir nechta omillar hisobga olindi: futbolchining hozirgi darajasi, holati, shartnoma muddati va ayni kundagi formasi.
Unga ko'ra, birinchi o'rinda PSJ forvardi Kilian Mbappe qayd etildi, uning narxi 189 mln evroni tashkil qiladi. Keyingi o'rinlardan Erling Xoland (“Borussiya D”, 131 mln evro) va Xarri Keyn (“Tottenxem”, 127 mln) joy olgan.
KPMG talqini bo'yicha dunyoning eng qimmat futbolchilari:
1. Kilian Mbappe (PSJ) – € 189 mln;
2. Erling Xoland (“Borussiya” Dortmund) – € 131 mln;
3. Xarri Keyn (“Tottenxem”) – € 127 mln;
4. Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) – € 121 mln;
5. Raxim Sterling (“Manchester Siti”) – € 119 mln;
6. Neymar (PSJ) – € 116 mln;
7. Kevin De Bryoyne (“Manchester Siti”) – € 113 mln;
8-10. Jeydon Sancho (“Borussiya” Dortmund) – € 110 mln;
8-10. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – € 110 mln;
8-10. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul") – € 110 mln.
1 833   
Добавить комментарий
Ваше имя: *