Goal24.uz » O'zbekiston » Chetlatish, penaltilar va kambek. Tursunovning dubli OKMKga kamchilikda «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alaba keltirdi

Chetlatish, penaltilar va kambek. Tursunovning dubli OKMKga kamchilikda «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alaba keltirdi

Автор: admin

Superliga 8-turi doirasida OKMK o‘z maydonida «Bunyodkor» ustidan muhim g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda Jokich qizil kartchoka olgach, G‘iyosov penaltidan hisobni ochganiga qaramay, Mirjalol Qosimov shogirdlari ikkinchi bo‘limda o‘yinda tub burilish yasashdi. Sanjar Tursunovning dubli va Sardor Rahmonovning goli Olmaliq klubiga muhim g‘alabani keltirdi – 3:1.
Natijada OKMK ochkolarini 16taga yetkazib 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Bunyodkor» 11 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Superliga 8-tur. 14 may
OKMK - «Bunyodkor» - 3:1 
Bosh hakam
: Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Gollar: Sanjar Tursunov 58 penalti, 74, Sardor Rahmonov 77 – Xurshid G‘iyosov 38 penaltidan.
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 46), 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.Shoxruh Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 85).
«Bunyodkor»: 1.Ravshan Yagudin, 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farrux Ikromov (13. Lutfullo To‘rayev, 60), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 74), 35.Ibrohim Ibragimov.
Chetlatish: Yovan Jokich (34).
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *