Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. 7ta gol urilgan bahsda «Manchester Siti» safarda «Nyukasl»dan ustun keldi, Ferran Torresda het-trik

APL. 7ta gol urilgan bahsda «Manchester Siti» safarda «Nyukasl»dan ustun keldi, Ferran Torresda het-trik

Автор: admin

Angliya chempionatining 36-turida chempion «Manchester Siti» mehmonda «Nyukasl» bilan to‘qnash kelib, gollarga boy o‘yinda g‘alabani ilib ketdi. Torresning het-trigi va Kanseluning goliga mezbonlardan Kraft, Joelinton hamda Uillok javob berishdi. 
«Man Siti» ochkolarini 83taga yetkazib oldi. «Nyukasl» 39 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi. 
APL, 36-tur
Nyukasl — Manchester Siti 3:4
14 may, «Sent-Jeyms Park»
Gollar: Kraft (25), Joelinton (45+6, penalti), Uillok (62) — Kanselu (39), Torres (42, 64, 66).
Nyukasl – Dubravka, Fernandes (Geyl, 88), Dammett, Kraft, Ritchi (Longstaff, 84), Uillok, Merfi, Shelvi, Almiron, Sen-Maksimen, Joelinton (Lyuis, 84). 
Manchester Siti – Karson, Garsiya, Ake, Uoker, Kanselu (Mendi, 74), Gundo‘g‘an, Rodri, Ferran Torres, Bernardu Silva, Sterling, Jezus.
Ogohlantirishlar: Ritchi (36), Rodri (44), Kanselu (56), Shelvi (59).
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *