Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Salohni Evropaning boshqa bir grand klubida kutishmoqda

Salohni Evropaning boshqa bir grand klubida kutishmoqda

Автор: admin

Mbappe ketaversin!
Agar Kilian Mbappe jamoadan ketishga qaror qilsa, PSJ "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolashi mumkin.
ESPN nashrining xabar berishicha, PSJ sport direktori Leonardo Mbappening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini allaqachon tuzib qo‘ygan. Ular orasida Saloh ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi yakunlanishiga yana ikki yil bor. Biroq agar mersisaydliklar kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, PSJning Salohni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati nisbatan yuqori bo‘ladi.
Qayd etilishicha, PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Salohning muxlisi hisoblanadi. Ammo “Liverpul” Muhammadni 80 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
28 yoshli misrlik futbolchi bu mavsum “Liverpul” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 27 ta gol urdi.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *