Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » David Luiz "Arsenal" masalasida bir qarorga keldi

David Luiz "Arsenal" masalasida bir qarorga keldi

Автор: admin

Hozircha u faoliyatini qaerda davom ettirishi noma’lum.
"Arsenal"ning braziliyalik markaziy himoyachisi David Luiz jamoadan ketishga qaror qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi bugun "kanonirlar" rahbariyati bilan uchrashgan. Luiz ushbu uchrashuv chog‘ida klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qilgan.
David Luiz "Arsenal" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 73 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Luizning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u klubni erkin agent sifatida tark etish huquqiga ega.
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *