Goal24.uz » Jahon » Maradona zo‘rmi yoki Messi?

Maradona zo‘rmi yoki Messi?

Автор: admin

Leo terma jamoada muhim sovrinlarni qo‘lga kiritishi kerak.
"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Filipp Lam kimni Argentina tarixidagi eng zo‘r futbolchi deb hisoblashini aytdi.
“Messi – fantastik futbolchi. Ehtimol, tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lishi ham mumkin. U ajoyib o‘yinchi, ammo u milliy terma jamoada buyuk sovrinlarga ega emas. Qolgan jihatlarda unga etadigani yo‘q.
Rostini aytsam, unga qarshi o‘yinlarda juda qiynalardim. Men har doim Messi haqida zavq bilan gapirganman, lekin xuddi shu fikrlarim Maradonaga ham tegishli! Aytishim kerakki, Maradona nafaqat Argentinada, balki Evropada ham o‘zini ko‘rsatdi. Shuning uchun, men Argentinaning eng yaxshi futbolchisi Maradona deb aytaman.
Messi ham bunga juda yaqin. Sababini aytib o‘tdim - u Maradonadan farqli o‘laroq, terma jamoa bilan muhim unvonlarni qo‘lga kirita olmagan xolos”, - dedi Lam.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *