Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zinedin Zidan "Real"dan nega ketmoqchi?

Zinedin Zidan "Real"dan nega ketmoqchi?

Автор: admin

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning Ispaniya chempioni bo‘lishidan qat’i nazar, mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda TeleMadrid.

Manbaning xabariga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis ruhiy va jismoniy zo‘riqishdan charchaganligi sababli "Real"dan ketmoqchi.

Zidan 2019-yilda "Real"ni boshqarib keladi. U avvalroq Madrid klubini 2016-2018 yillar mobaynida boshqargan. Uning boshchiligida "Real Madrid" uch karra Chempionlar Ligasi va ikki karra Ispaniya chempionati g‘olibiga aylandi.

Ushbu mavsumda "Real Madrid" 36-turdan so‘ng 78 ochko to‘pladi va ikkinchi o‘rinda bormoqda.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *