Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Filipp Lam Argentina tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi

Filipp Lam Argentina tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi

Автор: admin

«Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Filipp Lam Diyego Maradonani Argentina tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb aytdi.
«Messi – aql bovar qilmaydigan futbolchi. Ehtimol, tarixdagi eng yaxshisidir. U – ajoyib futbolchi, ammo u milliy jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritmagan.

Leo – fantastik o‘yinchi. Uni birga-bir vaziyatda to‘xtatish mumkin emas. Rostini aytsam, unga qarshi juda qiynalganman. 
Har doim Messi haqida zavq bilan gapirganman, lekin xuddi shu gaplarim Maradonaga ham tegishli! 

Maradona nafaqat Argentinada, balki Yevropada ham ma’lum bir avlodni belgilab beradi. Shuning uchun Argentinaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Diyegoni e’tirof etaman. Messi ham deyarli uning qatorida. Sababini aytib o‘tdim – u Maradonadan farqli o‘laroq milliy jamoa bilan muhim unvonlarni qo‘lga kirita olmadi», – deydi Lam La Nacion'ga bergan intervyusida.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *