Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Agueroning «Barselona» bilan shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Agueroning «Barselona» bilan shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Joriy mavsum oxirida «Manchester Siti»ni tark etadigan argentinalik hujumchi Serxio Aguero Kataloniyaning «Barcelona» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Shkiraning ma’lum qilishicha, tomonlar ikki yillik mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldilar. Serxioning Kataloniya klubidagi maoshi bir mavsum uchun 8 million yevroni tashkil qiladi.
Aguero «Barselona» safiga tekinga kelib qo‘shiladi chunki futbolchining shartnomasi shu yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
32 yoshli argentinalik hujumchi «Manchester Siti» tarkibida 2011 yildan beri o‘ynab kelmoqda.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *