Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » "Jenoa" hujumchisi yangi mavsumni Rossiyada boshlashi mumkin

"Jenoa" hujumchisi yangi mavsumni Rossiyada boshlashi mumkin

Автор: admin

Eldorning raqobatchisiga xaridor chiqdi.
"Jenoa" hujumchisi Janluka Skamakka faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Eurostavka xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli italiyalik futbolchiga "Krasnodar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish kerakki, Skamakka genuyaliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi "Sassuolo"ga tegishli.
Skamakka joriy mavsum "Jenoa" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.
Skamakka “Jenoa” safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchun asosiy raqobatchi hisoblanadi.
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *