Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" "Arsenal" futbolchisini olib kelmoqchi

"Inter" "Arsenal" futbolchisini olib kelmoqchi

Автор: admin

Uni Milanda kutishmoqda.
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Partey faoliyatini Italiya chempioni safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Transfermarketweb nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli ganalik futbolchining xizmatlariga “Inter”dan jiddiy qiziqish mavjud. Parteyni shaxsan “neradzurrilar” ustozi Antonio Konte o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Tomas “Arsenal” safiga o‘tgan yilning yozida “Atletiko”dan kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilga qadar imzolangan.
Partey joriy mavsum APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi va hakamlar tomonidan 5 ta sarik kartochka bilan ogohlantirildi.
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *