Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman: «Barsa» bilan doim shunday holat sodir bo‘ladi. Ustunlik qildik, «Selta» esa birinchi zarbadayoq gol urdi»

Kuman: «Barsa» bilan doim shunday holat sodir bo‘ladi. Ustunlik qildik, «Selta» esa birinchi zarbadayoq gol urdi»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing 37-turidan o‘rin olgan «Selta» (1:2) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz bilan doim shunday holat sodir bo‘ladi. Raqibdan ustunlik qildik, lekin ularga gol urish uchun bir zarba yetarli bo‘ldi... Va gol uzoq masofadan urildi.
Umuman olganda, o‘tkazib yuborgan gollarimizni tahlil qilsak, omadimiz yo‘qligi ayon bo‘ladi. Oxir-oqibat 10 kishi bo‘lib tavakkal qildik va omadsizlikka uchradik. Psixologik jihatdan charchadik. 
Kelajagim haqidagi savollar men uchun emas. 
Messi to‘purarlik qobiliyatini namoyish etdi. Umid qilamanki, u «Kamp Nou»dagi so‘nggi o‘yini o‘tkazmadi», — deya Kumanning so‘zlarini keltiradi AS.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *