Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Chempionlik uchun kurashayotganimizda futbolchilarga ketishim haqida aytishim mumkinmi?»

Zidan: «Chempionlik uchun kurashayotganimizda futbolchilarga ketishim haqida aytishim mumkinmi?»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 37-turidan o‘rin olgan «Atletik»ka (1:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Raqib jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynalgan vaziyatlar haqida gapirmayman. Futbolchilar vaziyatni ko‘rishdi, ammo maydonda hakam bor va uning uchun bu qo‘l bilan o‘ynash emas. 
So‘nggi turda o‘z futbolimizni namoyish etamiz. «Vilyarreal» bilan qiyin o‘yin kutib turibdi va biz o‘zimiz haqimizda o‘ylashimiz kerak. 
Kelajagim? Qanday qilib hozir futbolchilarimga ketayotganimni aytishim mumkin? Sovrin uchun kurashyapmiz va men «ketaman» deb aytamanmi? Hech qachon bunday qilmayman. Mavsum so‘ngigacha kutamiz. So‘nggi o‘yingacha shu yerdaman. Eng muhimi – oxirgi turdagi bahs», – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.
Avvalroq Zidan La Liganing 35-turidan o‘rin olgan «Sevilya» (2:2) bilan o‘yin oldidan futbolchilarga jamoani tark etishini ma’lum qilgani xabar qilingandi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *