Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona”ga Messi ham, Grizmann ham kerak emas!

“Barselona”ga Messi ham, Grizmann ham kerak emas!

Автор: admin

Ularning nishoni boshqa yulduzda...
Joriy mavsumda Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovringa da’vogarlik qila olmagan “Barselona” aksariyat futbolchilardan qutilib, ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olishga qaror qildi.
Klub rahbarlarining rejasiga ko‘ra, birinchilardan bo‘lib Antuan Grizmann sotib yuboriladi. Frantsiyalik jahon chempionining transferidan keladigan mablag‘ “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni taklif qilishga sarflanadi.
Joriy mavsumda Grizmann barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 12 ta assistni amalga oshirdi. Uning bu natijasi bosh murabbiy Ronald Kumanni qoniqtirgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklarning yozgi transferlar mavsumidagi asosiy nishoni Erling Xoland hisoblanadi. Agar norvegiyalik to‘purar Kataloniyaga keladigan bo‘lsa, “Barsa” xo‘jayinlari Lionel Messidan ham voz kechishga tayyor.
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *