Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL klubi Hans-Diter Flikka taklif tayyorlayapti

APL klubi Hans-Diter Flikka taklif tayyorlayapti

Автор: admin

Londonning «Tottenhem» klubi yangi mavsum oldidan murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
The Telegraph’ning yozishicha, London klubi rahbariyati jamoaga Hans-Diter Flikni chaqirmoqchi. «Bavariya»ni tark etgan nemis mutaxassisi keyingi jamoasi masalasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Qayd etilishicha, «Tottenhem» klubi prezidenti Daniel Levi germaniyalik 56 yoshli murabbiyga taklif tayyorlamoqda. Avvalroq, Nagelsmann va Massimiliano Allegri «Tottenhem» taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi. 
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» APL 36-turidan keyin 59 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *