Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Andijon» o‘z maydonida «Lokomotiv»ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. «Andijon» o‘z maydonida «Lokomotiv»ga yutqazib qo‘ydi

Автор: admin

Superliga 9-turi doirasida «Andijon» o‘z maydonida «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda hisobni mezbonlar forvardi Martin Boake ochgan bo‘lsa-da, taym yakunida Temurxo‘ja Abduholiqov farqni yo‘qqa chiqardi. 86-daqiqaga kelib esa zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmayev «temiryo‘lchilar»ga g‘alaba keltirdi – 1:2.
Natijada «Lokomotiv» 14 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Andijon» ketma-ket 3-mag‘lubiyatidan keyin 4 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.
Superliga. 9-tur
17 may (dushanba)

«Andijon» - «Lokomotiv» - 1:2
Hakam: Rahimbek Karimov
Gollar:
Martin Boake 10 – Temurxo‘ja Abduholiqov 36, Marat Bikmayev 86.
«Andijon»: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Usmonali Ismonaliyev, 7.Martin Boake, 9.Komron Saydazimov (20.Izzatillo Abdulhaqov, 54) , 10.Jasur Jaloliddinov, 17.Farhod Sohibjonov (14.Doniyor Ismoilov, 81), 18.Abdug‘ani Kamolov, 28.Sunnatilloh Hamidjonov (5.Abduvohid G‘ulomov, 73), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyorbek Rahimqulov.
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov, 4.Dilshod Komilov (14.Aziz Amonov, 64), 5.Kaxi Maxaradze (17.Sanjar Qodirqulov, 58), 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Javohir Sidiqov (10.Marat Bikmayev, 78), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 27.Islom Rashidxonov (20.Jaloliddin Jumaboyev 58), 28.Shuhrat Muhammadiyev (9.Javohir Alijonov 78), 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov.
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *